Orqaga

566 marta koʻrilgan

903–976

Qaffol ash-Shoshiy

Qaffol ash-Shoshiyning to’liq ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo’lib, arab manbalarida uning hurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulug’ yo muhtaram ma’nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so’zini qo’shib yozadilar. Bu bilan o’tmishdoshlarimiz Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk ehtiromni ifoda etganlar. Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan. Shu sababdan «Qaffol» — qulfsoz nomi bilan mashhur bo’lgan. Qaffol ash-Shoshiy asli qulfsoz usta bo’lib, kichik va nozik qulflar yasaydigan, qo’li gul kishi bo’lgan. Ash-Shoshiy dastlabki ta’limni o’z yurtida, keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud ma’rifat o’choqlarida oladi.