Orqaga

1077 marta koʻrilgan

m. a. IV

Qadimgi Xorazm, Qang‘ va Davan davlati

Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o’lka aholisi xo’jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi mil. avv VII asrga borib taqaladi. Bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi. Mil. avv III–II asrlarda Jonbosqal’a Xorazmning qadimgi shahri bo’lgan. Qo’yqirilganqal’a xarobalaridan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan.