Orqaga
Qadimgi dunyo tarixi.

226 marta koʻrilgan

m. a. I asr

Qadimgi tarix — taraqqiyotning boshlanishi

Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o’rganadi. Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradi. Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirish yordamida ularning tashqi qiyofasini tiklaydi va rivojlanishini o’rganadi. Etnograflar qadimgi odamlarning ko’pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlanib qolgan xo’jalik va madaniy an’analarini o’rganadi.