Orqaga

800 marta koʻrilgan

m. a. 3200

Qadimgi Misr madaniyati

Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni «iyerogliflar» deyishgan. Yozuvlar maqbaralarning devorlariga va xudolar haykallariga o’yib yozilgan. Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanilgan.