Orqaga

839 marta koʻrilgan

m. a. VIII–VI

Qadimgi Italiya

Apennin yarimorolida iqlim iliq bo’lib, yil bo’yi o’rtacha yomg’ir yog’ardi. Yarimorolni to’liq egallagan Italiya zaminida qurg’oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo’lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo’l-ko’lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko’p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan. Lig’urlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan.