Orqaga

867 marta koʻrilgan

m. a. 3000–1800

Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi

Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarining bir qismini egallagan. Iqlimining issiqligi va keng yoyilib oqadigan daryolar suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelishi dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Himolay tog’lari shimoli-sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o’ziga xos tabiiy «mudofaa devori» bo’lib xizmat qilgan. Gang vodiysidagi tropik o’rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o’simliklarga boy bo’lgan