Orqaga

1002 marta koʻrilgan

XX asr

Postmodernizm

Postmodernizm XX asr o’rtalari va oxirlarida rivojlangan yo’nalish bo’lib, u asosan falsafa, san’at, arxitektura va adabiy tanqidchilikda modernizm an’analaridan chekinishni o’zida ifodalaydi. Atamadan asosan modernizmdan keyin kelgan ta’rixiy davrni ifodalash uchun qo’llanilgan. Postmodern mutafakkirlari bilim va qadriyat kabilarni kontingent yoki ijtimoiy shakllantirilgan deb hisoblashadi va ularni siyosiy, tarixiy yoki madaniy rivojlanish va ierarxiyalarning mahsuli deb sanashadi. Ushbu mutafakkirlarning fikricha, shaxsiy yoki ma’naviy ehtiyojlar insonlarning ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash, nisbatan elastik va moslashuvchan tartiblar o’rnatish orqali qondirish mumkin deb hisoblashadi va bu ularni modernizm an’analari bilan qarshi qo’yadi, chunki modernizmda avvalo ideal deb qaraladigan haqiqatga erishishga kattaroq urg’u beriladi. Ba’zi faylasuflarning fikricha, postmodernistik tafakkur yurituvchilar o’z-o’zlarining fikrlarini to’g’ri deb hisoblash va unga suyanish paradoksiga duchor bo’lish xavfidadir, chunki modernizm davri tafakkurida ishlab chiqilgan konsepsiyalar va metodlarsiz ularni tanqid qilishning ham iloji yo’qdir.