Orqaga
Postimpressionizm uslubi haqida ma'lumot. Postimpressionizm uslubi tarixi.

644 marta koʻrilgan

XIX–XX

Postimpressionizm

Postimpressionizm (lot. post — keyin va impressionizm) — 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fransuz rassomlik san’atidagi asosiy yo’nalishlar (neoimpressionizm, kubizm, fovizm va boshqalar)ning shartli umumlashma nomi. O’z ijodini impressionizm uslubida boshlagan rassomlar uning in-qirozidan so’ng asta-sekin undan uzoqlasha boshladi. Postimpressionizm namoyandalari davrga hamohang badiiy tasvir vositalari ustida izlandi; impressionizmning oniy taassurotlari o’rniga chuqur his-tuyg’uga boy jo’shqin shakllarni yaratishga intilish kuchaydi (P. Sezann, Van Gog, P. Gogen, A. de Tuluzlotrek va boshqalar). Bu izlanish va amaliy faoliyatlar 20-asr tasviriy san’atining g’oyaviy plastik rivojlanishi tamoyillarini belgilab bergan muhim tarixiy bosqich vazifasini o’tadi.

Maqola tez orada toʻldiriladi.