Orqaga

898 marta koʻrilgan

1861–1936

Polvonniyoz hoji Yusupov

Xorazm jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, yosh xivaliklar partiyasining asoschisi va davlat arbobi bo’lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov 1861-yili Xiva shahrida tug’ilgan. Polvonniyoz hoji Yusupov savdogar oilasidan chiqqan ziyoli jadidlardan bo’lgan. 1904-yili Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida bo’lib, haj ziyoratini amalga oshirgan. Eski maktabda tahsil olgan. U arab, fors, rus tillarini yaxshi bilgan. Savdo ishlari bilan shug’ullangan. 1914-yili u jadidlarning «so’l oqimi»dan ajralib chiqqan yosh xivaliklar partiyasini boshqargan. Maqolada Polvonniyoz Hoji Yusupov haqida to’liq va batafsil ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.