2
Ulashish
750 marta koʻrilgan
m. a. 1800-yil
Poʻlat
Po’lat — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik po’latning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan po’latlar tarkibida doimiy qo’shilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R bo’ladi. Po’latning cho’yandan farqi shuki, cho’yan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qo’shilmalar ham ko’proq bo’ladi. Po’lat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin o’zgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolg’alanuvchan bo’lib qoladi. Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdoriga qarab, po’lat uglerodli va legirlangan xillarga bo’linadi.