Orqaga

546 marta koʻrilgan

1480–1547

Podshoxoja

Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahhobxoja mutafakkirning to’liq ismi bo’lib, Xoja uning taxallusidir. Xoja 1480-yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qo’lida, so’ngra Niso va Marv madrasalarida mufassal ta’lim olgan. Ijtimoiy faoliyatini 1496-yil yozida temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida sadrlik (yer o’lchovchi) bilan boshlagan. 1508-yili Niso va Obivard viloyatlari Shayboniylar tomonidan zabt etilganda Xoja yetuk shoir va adib sifatida tanilgan edi. Shu yili Shayboniyxon urushdan qaytayotganida Nisoda to’xtab, Xojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu orada Nisoga shoir amir Muhammad Solih hokim etib yuborildi.