Orqaga

880 marta koʻrilgan

XIX–XX

Podsho Rossiyasining tashqi siyosati

Rossiya ham yirik mustamlakachi davlatlardan biri bo’lgan. Bosqinchilik urushlari yo’li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Ayni paytda Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Buyuk Britaniya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan farq qilardi. Bu farq Rossiya bosib olgan hududlarning imperiya tarkibiga bevosita qo’shib olinishida edi. Shu tufayli Rossiyaning okean yoki dengizorti mustamlakalari yo’q edi. Chunonchi, O’rta Osiyoning bosib olingan qismi imperiya tarkibiga qo’shilib, bu hududda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgani sizga «O‘zbekiston tarixi»dan ma’lum.