2
Ulashish
760 marta koʻrilgan
1722-yil
Pasxa orolidagi jumboq
Dunyodagi eng mashhur, shunga qaramay, odamlar eng kam tashrif buyuradigan arxeologik obidalardan biri boʻlgan Pasxa oroli — kelib chiqishi vulqon bilan bogʻliq boʻlgan kichik, doʻngliklarga boy, ayni paytda daraxtsiz orol. Tinch okeanida ekvatordan 27 daraja janubda va Chili qirgʻoqlaridan taxminan 2 200 milya (3 600 km) uzoqlikda joylashgan boʻlib, u dunyodagi eng chekka, aholi yashaydigan orol hisoblanadi. Orol, texnik jihatdan aytganda, Tinch okeani tubidan 3048 metrdan koʻproq koʻtarilgan yagona ulkan vulqondan paydo boʻlgan. Orolga hozirgi mashhur — Pasxa oroli nomini gollandiyalik dengiz kapitani Jeykob Roggeven berdi, u 1722-yil 5-aprel yakshanba kunida Pasxaga tashrif buyurgan birinchi yevropalik boʻldi.
1950-yillarning boshlarida norvegiyalik tadqiqotchi Tor Xeyerdal orol dastlab Janubiy Amerika qirgʻoqlaridan kelgan hindularning ilgʻor jamiyati tomonidan shakllantirilgan, degan gʻoyani ommalashtirdi. Keng qamrovli arxeologik, etnografik va lingvistik tadqiqotlar bu farazning notoʻgʻri ekanini aniq koʻrsatdi. Endi Pasxa orolining asl aholisi polineziyaliklar boʻlgani (skeletdan olingan DNK ekstraktlari buni tasdiqladi), ehtimol, ular Markiz yoki Jamiyat orollaridan kelib chiqqani va eramizning 318-yillaridayoq yetib kelgani (qabrdagi qamishlarning yoshi uglerod bilan aniqlanishi buni tasdiqlaydi) maʼlum boʻlgan. Ular kelgan paytda orolning katta qismi quruqlikdagi qushlar bilan toʻlib-toshgan oʻrmonzor edi. U Polineziya mintaqasidagi dengiz qushlari uchun eng samarali koʻpayish joyi boʻlgan. Qush, baliq va oʻsimliklar kabi oziq-ovqat manbalari koʻp boʻlgani sababli insoniyat koʻpayib, boy diniy va badiiy madaniyatni keltirib chiqardi.
Ushbu madaniyatning eng mashhur xususiyatlaridan biri “moai” deb nomlangan ulkan tosh haykallari borligi boʻlib, ulardan kamida 288 tasi bir vaqtlar “ahu” deb nomlangan ulkan tosh platformalarda qad rostlab turgan. Taxminan bir yarim mil masofada joylashgan va orolning perimetri boʻylab deyarli uzluksiz tizma hosil qiladigan ushbu ahu platformalarining 250 taga yaqini mavjud. Turli xil qurilish bosqichlarida boʻlgan yana 600 ta moai haykallari orol atrofi, tosh konlari va haykallar eng koʻp oʻrnatilgan qirgʻoqboʻyi hududlari orasidagi qadimiy yoʻllar boʻylab tarqalib ketgan. Deyarli barcha moai haykallari Rano Raraku nomli vulqonining qattiq toshidan oʻyib ishlangan. Oʻrtacha haykalning balandligi 4,3 metr va 15,24 sm hamda ogʻirligi esa 14 tonnani tashkil etadi. Baʼzi moailarning uzunligi 10 metr va ogʻirligi 80 tonnadan ortiq edi. Haykallarning oʻlchamiga qarab, ularni orol daraxtlaridan yasalgan chana va roliklarda qishloq boʻylab sudrab oʻtish uchun 50 dan 150 tagacha odam kerak boʻlgan.
Olimlar moai haykallarining vazifasi va ishlatilishini aniq tushuntirishga ojizlik qiladi. Ularning oʻymakorligi va oʻrnatilish uslubi Polineziyaning boshqa joylaridan ham topilgan, ammo Pasxa orolida oʻziga xos tarzda rivojlangan shunga oʻxshash amaliyotlarga asoslangan gʻoyadan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Arxeologik va ikonografik (rasm va belgilarni oʻrganish) tahlillar shuni koʻrsatadiki, haykalga sigʻinish antropomorfik (insoniy va odamiy xislatlarga ega) simvolizmni oʻz ichiga olgan erkak — naslga asoslangan hokimiyat mafkurasidan tashkil topgan. Shunday qilib haykallar ham diniy, ham siyosiy hokimiyatning ramzi edi. Ammo ular faqatgina ramzlar boʻlib qolmagan. Ularni qurgan va ishlatgan odamlar uchun muqaddas ruhlarning haqiqiy makoni hisoblangan. Qadimgi Polineziya dinlarida oʻyilgan tosh va yogʻoch buyumlar, agar toʻgʻri shakllantirilgan va marosim bilan tayyorlangan boʻlsa, “mana” deb ataladigan sehrli ruhiy mohiyat bilan zaryadlangan deb ishonilgan. Pasxa orolining ahu platformalari odamlarning ziyoratgohlari boʻlgan va moai haykallari bu ziyoratgohlarning marosimlar bilan quvvatlantirilgan muqaddas obyektlari edi.
Oʻzining anchagina mashhur nomidan tashqari, Pasxa oroli, shuningdek, “Dunyoning kindigi” degan maʼnoni anglatuvchi Te-Pito-O-Te-Henuab va Mata-Ki-Te-Rani, yaʼni “Osmonga qaragan koʻzlar” nomi bilan ham tanilgan. Ushbu qadimiy nom va arxeologlar tomonidan eʼtiborga olinmagan koʻplab mifologik tafsilotlar olis orol bir vaqtlar geodezik belgi boʻlgani hamda bu yerda uzoq vaqt davomida unutilgan sivilizatsiyaning astronomik rasadxonasi joylashgan boʻlishi mumkinligiga ishora qiladi. Britaniyalik yozuvchi Graham Xankok oʻzining “Osmon koʻzgusi” kitobida Pasxa oroli bir paytlar bu antidiluviy (eski, almisoqdan qolgan) sivilizatsiyasining muhim ilmiy posti (yoʻqolib borayotgan narsaga misol yoki boshqa shaharlardan ajralib qolgan shahar) boʻlgan boʻlishi mumkinligi va uning joylashuvi sayyorani qamrab olgan, matematik jihatdan aniq muqaddas joylar tarmogʻida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Yana boshqa muqobil olimlar: Kristofer Nayt va Robert Lomas bu geodezik belgilarning joylashuvi va mumkin boʻlgan funksiyalarini keng oʻrganib chiqdi. “Uriel mashinasi” nomli qiziqarli kitobida ular geodezik belgilarning maqsadlaridan biri kelajakdagi bahs-munozara va kristal (baʼzi odamlar kelajakni koʻrsa boʻladi deb ishonadigan billur) larning siljishi ulkan balo-ofatni bashorat qilish va ularga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan astronomik rasadxona global tarmogʻining bir qismi ekanligiga urgʻu beradi.
XX asrning soʻnggi yillari va XXI asrning dastlabki yillarida turli yozuvchi va olimlar taxminicha, Pasxa oroli sivilizatsiyasining tez tanazzulga yuz tutishi yevropaliklar bilan boʻlgan ilk munosabatlarga bogʻliq. Aniq emasligi koʻrsatilgan ushbu nazariyalarning koʻp qismi amerikalik geograf, ornitolog va tarixchi — Jared Diamondning “Inqiroz: jamiyatlar qanday qilib muvaffaqiyatsizlik yoki omon qolishni tanlaydi” kitobida ilgari surilgan. Bu nazariyalar asosan Pasxa orolining dastlabki mustamlakachiligidan bir necha asr oʻtgach, oʻsib borayotgan aholining resurslarga boʻlgan ehtiyoji orolning ekologik jihatdan yangilanish qobiliyatidan oshib keta boshlaganini taʼkidlaydi. Haqiqatdan ham, 1400-yillarga kelib oʻrmonlar butunlay kesilib, boy yer qoplami yemirilib, buloqlar qurib, orolga qoʻnish uchun kelayotgan qushlarning katta suruvlari gʻoyib boʻlgan edi. Dengizda baliq ovlash uchun qayiqlar yasashga yaroqli yogʻochlar yoʻqligi, qushlar va yovvoyi hayvonlarning oziq-ovqat manbalari kamayishi va yaxshi tuproqning yemirilib ketgani tufayli hosildorlikning pasayishi odamlarning ozuqaviy isteʼmoli keskin pasayishiga sabab boʻldi. Avval ocharchilik, keyin kannibalizm (odamxoʻrlik, oʻz turiga mansub jonzotni yeyish) boshlandi. Orol endilikda murakkab jamiyatni davom ettirayotgan boshliq, amaldor va ruhoniylarni ortiq boqa olmagani uchun yuzaga kelgan tartibsizlik ijtimoiy va madaniy inqirozni keltirib chiqardi. Keyinchalik, 1700-yilga kelib aholi avvalgi sonining toʻrtdan bir qismidan oʻndan bir qismigacha kamaydi va koʻplab haykallar 1600- va 1700-yillardagi taxminiy “klan (qabila, urugʻ) urushlari” paytida agʻdarilgan.
Muqova surat: wikipedia.org