0
Ulashish
820 marta koʻrilgan
1950–1985
Oʻzbekistonning siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi
O’zbekistonda siyosiy rahbariyatning o’zgarishi. O’sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasaba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan. U o’zini rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuch hisoblab, Sovetlar va jamoat tashkilotlariga o’z irodasini amalda zo’rlik bilan o’tkazib kelardi. 1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917–1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko’rsatdi. Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo’lgan.