0
Ulashish
844 marta koʻrilgan
XX–XXI
Oʻzbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida koʻptomonlama hamkorligi
O’zbekiston siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o’zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo’ldi. Negaki sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog’lab qo’ygan ediki, natijada ular o’zaro qaramlik domiga tushib qolgan edi. Shuning uchun sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan bir yo’li — bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish ekanini tushundi.