Orqaga

1062 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligi

O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do’stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketgani bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, tarixi, o’ziga xos turmush tarzi va yaqin qo’shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni taqozo eta boshladi.