8
Ulashish
848 marta koʻrilgan
1941–1944
Oʻzbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari
O’zbek diviziyalarining tashkil qilinishi. Urushning birinchi kunlaridanoq O’zbekistonda xalq lashkarlarining otryadlari tuzila boshladi. Keyin bu otryadlar umumiy harbiy ta’lim bo‘linmalariga qo’shildi. O’zbekistonda front uchun milliy harbiy qismlar va jangovar rezervlarni tayyorlash ishi boshlanib ketdi. 1941-yil yozida Samarqandda 19-O’zbek tog’-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi. Diviziyada bu paytda katta tajribaga ega o’zbek ofitserlaridan polkovnik Ismoil Bekjonov, mayor Sobir Rahimov va boshqalar bor edi. Diviziya jangchilari 17-mexanizatsiyalashgan korpus saflarida Yelna yaqinida dushmanga qarshi janglarda ilk marta qatnashdilar.