0
Ulashish
851 marta koʻrilgan
1946–1955
Oʻzbekistonda sanoatning bir tomonlama rivojlanishi
Sanoat sohasidagi ahvol. O’sha davrda SSSR hududining tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston SSR Markazda ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatni so’zsiz amalga oshirishga majbur edi. Urushdan keyingi besh yilliklarda (1946–1950-yillardagi to‘’rtinchi va 1951–1955-yillardagi beshinchi besh yillik davrida) davlat sanoatni o’stirish uchun katta miqdorda mablag’ ajratdi. Lekin ularning aksariyati og’ir sanoatga sarflandi. O’zbekistonda ko’plab yirik kimyo korxonalarining qurilishi foydadan ko’ra ko’proq salbiy oqibatlarga olib keldi. Ko’pgina korxonalar, (Chirchiq elektrkimyo kombinati, Navoiy kimyo kombinati va b.) Yangiyo’l biokimyo zavodi aholi zich yashaydigan joylarda bo’lib, ular atrof-muhitni ifloslantirdi va ekologik vaziyatni murakkablashtirdi.