Orqaga

857 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va bagʻrikenglik

Millatlararo totuvlik g’oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o’zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g’oyasidir. Millatlararo totuvlik g’oyasi tinchlik va barqarorlik g’oyasidir. U barcha millat va elatlarning tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko’rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifiy g’oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko’tarayotgan sivilizatsiyalararo to’qnashuvlar sodir bo’layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g’oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.