Orqaga

370 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekistonda madaniyat va san’at

Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshladi. Yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg’ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo’g’irchoq teatrlari ish boshladi. 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo’g’irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo’g’irchoq teatri ochildi. O’zbek davlat akademik drama (2001-yil) va O’zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi.