8
Ulashish
985 marta koʻrilgan
1925–1956
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish siyosati hamda quloqlarning surgun qilinishi
O’zbekistonda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgandan so‘ng 1925–1929-yillarda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Islohotning ikkinchi bosqichi birinchisidan farqli o’laroq katta yer egaligini (rasmiy hujjatlarda “quloqlar”, “mushtumzo’rlar” deb yuritilgan) butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish masalasini qo’ydi. “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi O‘zbekiston Kompartiyasining II syezdi (1925-yil noyabr)da tasdiqlandi. Bu bosqich O’zbekiston SSR MIKning 1925-yil 2-dekabrdagi “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to’g’risida” va “Yer-suv islohoti to’g’risida”gi dekretlari bilan boshlandi. Bu islohot O’zbekistonda joylardagi shart-sharoit va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda o’tkazildi.