0
Ulashish
796 marta koʻrilgan
1928-yil
Oʻzbekistonda industrlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va kadrlar masalasi
Mamlakatda industrlashtirish siyosatiga o’tilishi va besh yillik rejalarining ishlab chiqilishi. Mamlakatda qishloq xo’jaligini zo’ravonlik bilan kollektivlashtirish jarayonida 1928-yili sanoatni industrlashtirish ham amalga oshirildi. Aslini olganda mamlakatning markaziy organlari tomonidan 1925-yil dekabrda bo’lgan VKP(b) XIV syezdida SSSRda iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sotsialistik industrlashtirishga o’tish ommaviy tarzda e’lon qilingan edi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti zamonaviy sanoatni vujudga keltirishga bevosita bog’liq edi. Bu maqsadga tez muddatda erishishning aniq yo’llarini ishlab chiqish talab etilardi.