Orqaga

739 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari

Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan bugungi kunga qadar bo’lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tish masalasi qo’yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi. Inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi.