Orqaga

795 marta koʻrilgan

1925-yil

Oʻzbekiston SSRning tashkil topishi

O’zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno’zbek (O’zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so’zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to’g’risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O’zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi.