Orqaga

954 marta koʻrilgan

1932–1940

Oʻzbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat

Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi ishlari. Yosh avlodni o’qitish, buning uchun shart-sharoitlar yaratish xalq ommasi, uning vakillari uchun dolzarb bo’lib kelgan. Bolsheviklar tomonidan O’zbekistonda dastlabki yillarda sovet maktablari va texnikumlar ochishga alohida e’tibor qaratildi. Jadid maktablari yopildi. Eski maktablar va vaqf maktablari ham tugatildi. Turkiston davlat universiteti va O’zbekiston davlat universitetidan keyin respublikada ko’plab institutlar tashkil etildi. Biroq universitet va institutlardagi talabalar o’rtasida o’zbeklar kamchilikni tashkil qilgan. Bu oliy o’quv yurtlarida asosan slavyan tillariga mansub kishilar o’qigan. Ularda dars bergan o’qituvchilar orasida ham mahalliy millat vakillari kamchilik bo’lgan.