0
Ulashish
844 marta koʻrilgan
1941–1944
Oʻzbekiston sanoati va qishloq xoʻjaligi front xizmatida
Urush yillarida O’zbekiston sanoati. 1941-yil sentyabr–dekabr oylarida respublika hukumati xalq xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to’g’risida, ichki resurslarni to’la safarbar etish to’g’risida aniq vazifalarni belgilab berdi. Kadrlar, sanoat xomashyosi, yoqilg’i, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941-yil dekabriga kelib Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotarini ishlab chiqara boshladi. Ko’chirib kelingan zavodlar ham o’z quvvatini oshirib bordi. 1941-yil 14-dekabrdan harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo’shildi va shu korxonalarga biriktirildi.