Orqaga

831 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning ustuvor yoʻnalishlari

O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo’lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari, uning ichki va tashqi siyosatini tanlash hamda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O’zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq o’tmishdan Sharq va G’arb o’rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalari yo’li bo’lgan Buyuk Ipak yo’li davlat hududidan o’tgan.