Orqaga

764 marta koʻrilgan

XX–XXI

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining qoʻlga kiritilishi

«Mustaqillik Deklaratsiyasi»dagi «O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O’zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e’lon qiladi» degan satrlar mustaqillik uchun tashlangan dastlabki qadamni anglatar edi. Ushbu Deklaratsiyaning qabul qilinishi O’zbekistonning mustaqillik uchun kurashining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Kengashi deputatlari faollik ko’rsatdi.