27
Ulashish
781 marta koʻrilgan
XX–XXI
Oʻzbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi
1990-yil 24-martda O’zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg’un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo’yish muhim ekanini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo’shib yuborildi.