Orqaga

857 marta koʻrilgan

m. a. VII-VI

Oʻzbekiston hududidagi ilk davlatlar

Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O’zbekiston hamda qo’shni hududlarda so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget qabilalari yashagan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So’g’diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi Amudaryoning quyi oqimida yashagan o’troq dehqon elatlari xorazmliklar bo’lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan.