Orqaga

1038 marta koʻrilgan

1941–1944

Oʻzbekiston fani va madaniyati — gʻalaba uchun xizmatda

O’zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda. Urush yillarida O’zbekiston Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Sadriddiy Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Sulton Jo’ra, Amin Umariy, Oydin va boshqa yozuvchilar hamda shoirlarning she’rlari va dostonlarida, publitsistik asarlarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, xalqimizning jangovarlik ruhi qo’llab-quvvatlandi, dushman ustidan g’alaba qozonishga bo’lgan ishonch mustahkamlandi. Urush yillarida O’zbekiston san’ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo’linib, frontdagi jangchilarga 35 000 ta va gospitallarda 26 000 ta konsert ko’rsatdilar. Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto’rayeva, Mukarrama Turg’unboyeva, Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asarlar ustun bo’lib qoldi.