Orqaga

755 marta koʻrilgan

XVII–XIX

Oʻzbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari

Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari o’rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi. Volgabo’yi orqali rus savdogarlari ham, Markaziy Osiyo savdogariari ham ikki mintaqa o’rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o’ynashgan. XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo’lib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etdi. Natijada Rossiya va o’zbek xonliklari bir-biriga bevosita qo’shni bo’lib qoldi. Bu holat ularning o’zaro munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi.