9
Ulashish
970 marta koʻrilgan
XX–XXI
Oʻzbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi
O’zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o’ta murakkab edi. Mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo’lini tanladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Har bir davlat o’zining tarixiy taraqqiyot an’analari, milliy o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’z yo’li, o’z modelini ishlab chiqishi lozim. O’zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishga imkoniyat beradigan o’z yo’lini tanlab oldi.