Orqaga
Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

867 marta koʻrilgan

1969-yil

Oyga qoʻnish

Astronavt Nil Armstrong va oy moduli uchuvchisi Edvin (Buzz) Aldrin 1969-yil 20-iyulda AQSHning kosmik parvozi bo‘lmish “Apollon 11” yordamida Oyga qoʻngan va uning yuzasida yurgan birinchi odamlar boʻldi. “Apollon 11” “Apollon” dasturining kulminatsion choʻqqisi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining oyga odamlarni qoʻndirishda Sovet Ittifoqini magʻlub etish boʻyicha katta milliy majburiyati edi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Prezident Jon Kennedi “Rice” universitetida soʻzlamoqda / wikipedia.org

Hammasi boʻlib 24 ta “Apollon” astronavti Oyga tashrif buyurgan va ulardan 12 tasi uning yuzasida yurgan. NASAʼning qoʻshimcha astronavtlari “Artemida” kosmik dasturi doirasida 2025-yilgacha Oyga qaytib borishi rejalashtirilgan.

1969-yil 16-iyulda ishga tushirilgandan boshlab 24-iyulga qadar bo‘lib o‘tgan parvozning deyarli barcha muhim jihatlarini dunyoning barcha burchaklarida yuz millionlab odamlar televizor orqali koʻrgan. Yuz minglab tomoshabinlar oldida, Florida shtatining Kennedi burnidagi (hozirgi Kanaveral burni) Pad 39A dan benuqson parvoz qilgan gigant, balandligi 111 m (363 fut), ogʻirligi 3,038,500 kg (6,698,700 funt) boʻlgan Saturn V raketasi bilan insoniyatning yurak urishi ham samoga koʻtarildi. Translunar (kosmik kemaning Oyga qoʻnishdagi manyovri) shunchalik aniq ediki, rejalashtirilgan 3 ta trayektoriyani tuzatish shartmasdi.

“Apollon 11” bortida Armstrong, Aldrin va uchuvchi, astronavt Maykl Kollinz boʻlgan. Keyin Saturnning uchinchi bosqich ekipaji Oyga boʻlgan 376 400 kilometrlik (234 000 mil) sayohatni boshlash uchun oʻt oldirildi. Uchta astronavt oʻzining transpozitsiyasi va qoʻnish manyovri (mohirona harakat) ni amalga oshirdi. Birinchi navbatda, Kolumbiya va unga biriktirilgan xizmat koʻrsatish moduli joylashtirildi. Soʻngra Saturnning uchinchi bosqich ustidagi dam olish joyidan oy modulini chiqarib olishdi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Apollon 11 “Kolumbiya” qoʻmondon modulining ichki qismining koʻrinishi / wikipedia.org

Ular yetib kelgach, kosmonavtlar Oy orbitasiga chiqishi uchun kosmik kemani sekinlashtirdi. “Apollon 11” dastlab 114×313 km (71×194 mil) elliptik orbitaga, keyin esa Oy yuzasidan 100–122 km (62 va 76 mil) balandlikdagi deyarli aylana orbitaga chiqdi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Nil Armstrongʻning ishlash jarayoni, uning oyda yuzadan olingan yagona fotosurati / wikipedia.org

20-iyul kuni ertalab Armstrong va Aldrin qoʻmondonlik modulidan oʻzaro bogʻlangan tunnel orqali Oy moduli “Burgut” ga sudralib oʻtdi. Oyning 12-orbitasining oxiriga kelib, “Apollon 11” kosmik kemasi ikkita alohida kosmik kemaga ajraldi. Ular: Kollinz tomonidan boshqariladigan “Kolumbiya” hamda Armstrong va Aldrin egallagan “Burgut” havo kemalari edi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Apollon 11 Oy moduli uchuvchisi Buzz Aldrinning oyoq izi. Aldrin 1969-yil 20-iyulda Oy yuzasidagi tuproq mexanikasini oʻrganish jarayoni boshlagandan soʻng taxminan bir soat oldin ushbu oyoq izini suratga olgan / wikipedia.org

“Burgut” ning harakatlantiruvchi tizimini oʻt oldirish orqali ikki kosmonavt deyarli aylana orbitasidan elliptik yoʻnalishga oʻtdi, uning Oyga eng yaqin masofasi bor-yoʻgʻi 15 000 m (50 000 fut) boʻlgan. Bu past nuqtada ular yana dvigatellarini ishga tushirdi. Bu safar quvvatlangan pasayishni boshlash manyovrini boshdan oʻtkazishdi. Tushish paytida yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi kompyuter xotirasi toʻlgani haqida 5 marta signal (“1202” yoki “1201” deb ataladi) berdi, ammo missiya oldidan NASA simulyatsiyasi signalga qaramay, qoʻnish hali ham sodir boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi va shuning uchun missiyaning boshqaruvi kosmonavtlarga pastlashni davom ettirishni aytdi. Sirtdan taxminan 150 m (500 fut) balandlikda, Armstrong qoyali kraterga qoʻnmaslik uchun kemani qoʻlda boshqara boshladi (garchi asosiy dvigatel avtomatik boshqaruv ostida davom etsa-da).

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Astronavt Buzz Aldrin, oy moduli uchuvchisi, Apollon 11 oy qoʻngan paytida oy yuzasida turgan surati. Kosmonavt Nil Armstrong, sayohat qoʻmondoni ushbu fotosuratni 70 mm Oy yuzasi kamerasi bilan olgan / wikipedia.org

Armstrong taxminan bir yarim daqiqa davomida havoda kutib turdi va pastga tushish uchun aniq joy topgunga qadar kemani reaksiyani boshqarish tizimi bilan yon tomonga harakatlantirdi. Keyin ekipaj kabinasi ichida kontakt chirogʻi yondi, “Burgut” pastki qismida osilgan 172 sm (68 dyum) lik mazkur zondlar Yer bilan aloqa oʻrnatilganini bildirardi. Bir soniyadan soʻng kosmonavtlar barcha yoʻnalishlarda radial tarzda uchayotgan Oy tuprogʻiga qarab turgan paytda raketaning pastlayotgan dvigateli o‘chadi. Armstrong AQSHning sharqiy kunduz vaqti (EDT) bilan soat 16:17 da “Xyuston, ‘Sokinlik’ bazasi shu yerda. ‘Burgut’ qoʻndi” radio xabarini yubordi. “Burgut” oʻzining tekisligi va ravon relyefiga ko‘ra tanlangan Sokinlik dengizi (Oy yuzasida koʻrinib turadigan dengizga oʻxshash joy) ga qoʻnadi.

20-iyul kuni kechki soat 22:56 da Armstrong Oy tuprogʻiga oyoq qoʻydi: “Bu [bir] odam uchun bir kichik qadam, insoniyat uchun esa ulkan sakrash” (oʻsha paytdagi hayajonda Armstrong oʻzi tayyorlagan bayonotdagi “bir” soʻzini oʻtkazib yubordi). U oy sirtini “nafis va chang bilan qoplangan” deb taʼrifladi va harakat qilishda hech qanday qiyinchilik yoʻqligini aytdi. Aldrin taxminan 20 daqiqadan soʻng hamrohlikka qoʻshildi.

Armstrong va Aldrin 2 soatdan ortiq davom etgan oydagi sayri davomida u yerga yetib boradigan quyosh shamoli tarkibini oʻlchash uchun qurilmani oʻrnatdi. Bu qurilma ikki jismning bir-biridan aniq masofasini aniqlash uchun Yerdagi astronomik observatoriyadan lazer nurini qabul qiluvchi qurilma bo‘lib, kosmonavtlar uyga qaytganidan ancha vaqt o‘tgach, Oy silkinishi va meteor taʼsirini oʻlchovchi passiv seymometr edi. Ular, shuningdek, taxminan 23 kg (50 funt) tosh va tuproq namunalarini oldi, ko‘plab fotosuratlar tushirdi va Texasning Xyuston shahridagi missiya nazorati bilan doimiy aloqada boʻldi. Oy yuzasida oʻtgan 21 soat-u 38 daqiqadan soʻng astronavtlar “Burgut” ning koʻtarilish bosqichidan foydalanib, uni yana Oy orbitasiga olib chiqdi. Turli xil manyovrdan soʻng “Burgut” yana Kollinz boshqaruvidagi “Kolumbiya” bilan birlashdi va koʻp oʻtmay Yerga qaytish sayohati boshlandi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

1969-yil 20-iyulda Apollon 11 kosmonavtlarining Oyga qo‘nishi chog‘ida Xyustondagi Lyndon B. Jonson kosmik markazida (AQSh, Texas) koinot aloqachilari / wikipedia.org

24-iyul kuni Gavayi orollaridan 1 400 km gʻarbda joylashgan Tinch okeanida “Apollon 11” ning suv ustiga qoʻnish jarayoni sodir boʻldi. Asronavtlar darhol qutqaruv kemasidagi furgonga karantinga joylashtirildi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Apollon 11 ekipaji va Harbiy-dengiz floti gʻavvoslari / wikipedia.org

U yerdan ular Xyustondagi boshqariladigan kosmik kemalar markaziga olib borildi va katta, 58 xonali Oyni oʻrganuvchi laboratoriyaga oʻtkazildi. Karantin “Burgut” Oydan uchgan paytdan boshlab 21 kun davom etdi. Oʻsha davrda kosmonavtlar Oyda yuqishi mumkin boʻlgan har qanday kasalliklarga qarshi tekshirildi va Oy namunalari dastlabki tahlildan oʻtkazildi.

Apollon astronavtining Oyga qo'nishi.

Apollon 11 astronavtlari uchun parad. Manhattan Manxetten, Nyu-York shahri, Brodveyning “Canyon of Heroes” deb nomlanuvchi qismida joylashgan. Yetakchi mashinada, oʻngdan, astronavtlar Nil A. Armstrong, Maykl Kollinz va Edvin E. Aldrin / wikipedia.org   



Manba: britannica.com
Muqova surat: wikipedia.org