Orqaga

749 marta koʻrilgan

XV asr

Oʻrta asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari madaniyati

Usmonlilar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari ravnaq topdi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me’morchiligi turli mamlakatlardan keltirilgan usta – quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati yunon bo’lgan Xoja Sinon qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U o’z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko’priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti, ayniqsa, e’tiborga molikdir.