Orqaga

1062 marta koʻrilgan

XX–XXI

Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari

XX asr oxiriga kelib Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi. Bunda «sovuq urush» ning yakunlangani ham ma’lum rol o’ynadi. SSSRdan yordam olib turgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgandan so’ng og’ir sharoitga tushib qoldi. Vyetnam, Laos, Angola, Mozambik, Kuba, Nikaragua kabi SSSR yordamiga tayangan davlatlarda tuzumlar almashdi yoki rivojlanishning muqobil yo’llariga o’tildi. XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan modernizatsiyaning ijobiy natijalari ham rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qator muammolarni keltirib chiqardi.