Orqaga

716 marta koʻrilgan

m. a. III asr

Miloddan avvalgi III–II asrlarda Oʻrta dengizda hukmronlik uchun kurash

Rimning kuchli qo’shini tashqi dushmanlardan himoyalanish va qo’shni mamlakatlarning yerlarini bosib olish uchun zarur edi. Dastlab qo’shinga yer-mulkka ega bo’lgan rimliklar olingan. Keyinchalik qo’shin doimiy harbiy kuchga aylangan. Armiyada 17 yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan. 80 kishidan iborat jangchilar guruhi senturiyalar deb yuritilgan. Bir necha senturiyalar kogortani, 10 ta kogorta legionni tashkil etgan. Jangchilarning ko’pchiligi yaxshi ta’lim olgan askarlar bo’lib, ular maosh olishlaridan tashqari kiyim va yarog’- aslahalar bilan ta’minlangan.