Orqaga

836 marta koʻrilgan

VI asr

Turk xoqonligi

VI asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin «xoqon» deb e’lon qilindi. Xoqonlikning markazi etib Oltoy shahri belgilanadi. Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg’u xoqon» degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan hududlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizigacha bo’lgan yerlarni egallaydi.