Orqaga

830 marta koʻrilgan

XIII asr

Oltin O’rda xonligi

Mo’g’ullarning 1235-yilda bo’lib o’tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To’planadigan qo’shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi. Uluslardan o’nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo’g’ullarga qarshilik ko’rsatish imkonini ham bermasdan 1238-1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi.