1
Ulashish
984 marta koʻrilgan
XX–XXI
Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi
Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti tashkil qilindi. Eng zamonaviy ixtisosliklar bo’yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-metallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi.