Orqaga
Nosir Xisrav haqida

559 marta koʻrilgan

1004–1088

Nosir Xisrav

Markaziy Osiyo madaniyatining ulug’ donishmandi va mutafakkiri Nosir Xisrav 1004-yil Qobadiyonda tug’ilgan. Uning ajdodlari o’z davrining obro’li, davlatmand kishilaridan hisoblangan. Amudaryo bilan karvon yo’li kesishgan joydagi bu shahar XI asrda faqat qishloq xo’jalik mahsulotlari bilangina mashhur bo’lmay, balki savdo-sotiq hamda hunarmandchilik ham taraqqiy topgan joy edi. Qobadiyonning qoldiqlari hozir Tojikistonning Nosir Xisrav shahri chekkasidadir. Uning nomi Abu Mu’iniddin Nosir, otasining nomi esa Xisrav bo’lib, she’rlarida «Hujjat» taxallusini qo’llagan. Nosir Xisrav zamon an’anasiga ko’ra, boshlang’ich ma’lumotni tug’ilgan joyida oldi, keyinchalik Marv, Balx madrasalarida tahsilni davom ettirdi, diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi.