0
Ulashish
1044 marta koʻrilgan
XVI asr
Niderlandiya inqilobi
XVI asrda Niderlandiya hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlari hamda Fransiyaning bir qismidan iborat bo’lgan. Antverpen shahri (hozirgi Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi, shuningdek, jahon savdosining markazi ham edi. Antverpen Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog’lar edi. Antverpen ko’chalaridan har kuni kamida 2 mingta savdo furgonlari (aravalar) o’tgan. Turli mamlakatlardan yuzlab kemalar shahar portiga kirib kelgan. Bir so’z bilan aytganda, Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo’jaligi rivojlangan boy mamlakat edi. Biroq davlat mustaqil emas edi. Ispaniya uni o’z mulkiga aylantirgan edi.