Orqaga
Mushaklar tarixi.

299 marta koʻrilgan

X asr

Mushakbozlik tarixi

Mushaklar estetik va ko‘ngilochar maqsadlarda qo‘llanadigan, kuchli bo‘lmagan portlovchi pirotexnika vositalari guruhi hisoblanadi. Ular ko‘pincha ochiq havoda ko‘p sonli qurilmalarni birlashtirgan holda otashin namoyishlarda (shuningdek, mushakbozlik namoyishi yoki pirotexnika deb ataladi) ishlatiladi. Bunday namoyishlar ko‘plab madaniy va diniy bayramlarning asosiy belgisidir.

Mushaklar 4 ta asosiy jarayonni yaratish uchun ko‘p shakllarni oʻz ichiga oladi: shovqin, yorug‘lik, tutun va suzuvchi materiallar (konfetti — bayramlarda odamlar ustidan sochiladigan yaltiroq tangachalar). Ular qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, ko‘k, binafsha va kumush kabi rangli olov hamda uchqunlar bilan porlash uchun ishlab chiqariladi. Ular odatda oʻz vazifalarini yer yoki havoda bajarishiga koʻra tasniflanadi. Havodagi mushakbozlik harakatga ega bo‘lishi mumkin (osmonga ko‘tarilishi) yoki minomyot (havo qobig‘i) bilan havoga otilishi mumkin.

Aksariyat mushaklar qog‘oz, karton trubkasi yoki yonuvchi material bilan ko‘pincha pirotexnik yulduzlar bilan toʻldirilgan korpusdan iborat bo‘ladi. Ushbu naychalar yoki qutilarning bir nechtasi birlashtirilishi mumkin. Yondirilganda ulardan juda ko‘p turli xil porloq shakllar har xil ranglarda hosil bo‘ladi.

Garchi dastlabki “Skyrocket”lar urushda ishlatilgan boʻlsa-da, ular mushaklarning keng tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Biroq mushaklarning havo qobigʻini turi bugungi pirotexnik tijoratning asosi hisoblanadi. Isteʼmolchilar foydalanishi uchun ishlab chiqilgan kichikroq varianti esa Qo‘shma Shtatlarda festival to‘pi sifatida tanilgan. Mushakbozlik dastlab Xitoyda ixtiro qilingan. Xitoy dunyodagi eng yirik pirotexnika ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat bo‘lib qolmoqda.

Sershovqin pirotexnikalar uy hayvonlari, yovvoyi tabiat va baʼzi odamlarga zarar yetkazadi degan xavotirlar tufayli shovqinsiz mushakbozlik namoyishlari mashhur bo‘lib bormoqda. Biroq o‘zgacha uslubdagi mushaklar deyarli yangi emas va butunlay ovozsiz ham emas. Ovozsiz salyut namoyishlari shunchaki katta, ajoyib, shovqinli mushakbozlik shoularini istisno qiladigan va kichikroq, tovush chiqarmaydigan qurilmalardan ko‘proq foydalanadigan namoyishlarni nazarda tutadi. Italiyaning Kollekkio shahri aholisi 2015-yildan boshlab ovozsiz mushakbozlikni yoqlashga o‘tdi.

Eng qadimgi mushaklar Song sulolasi davrida (960–1279) Xitoydan kirib kelgan. Mushaklar ko‘plab bayramlarni o‘tkazishda birlashish uchun ishlatilgan. Mushak yasash sanʼati va ilmi mustaqil kasbga aylangandi. Xitoyda pirotexniklar salyut namoyishlarini o‘tkazishda murakkab texnikani bilgani uchun hurmatga sazovor bo‘lgan.

Mushaklar tarixi.

Ming sulolasi davridagi Jin Ping Mei kitobining 1628–1643 yillardagi nashridan olingan mushaklar namoyishi tasviri / wikipedia.org

Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 202 va milodiy 220-yillar) odamlar baland shovqinli portlash hosil qilish uchun bambuk poyalarini olovga tashlagan. Keyingi davrlarda bambukning yonayotgan tovushlariga taqlid qilish maqsadida kichik idishlarga solib qadoqlangan porox ishlatilgan. Portlovchi bambuk poyalari va poroxdan yasalgan paqildoqlar bir-birining oʻrniga oʻzaro almashtirilib, baozhu yoki baogan nomi bilan tanilgan. Aynan Song sulolasi davrida odamlar oʻralgan qogʻoz varaqlaridan foydalanib, ichiga oʻq dori va faza joylangan naychalardan iborat boʻlgan ilk paqildoqlarni ishlab chiqargan.[9] Ular, shuningdek, bu paqildoqlarni bian (qamchi) yoki bianpao (qamchi to‘p/zambarak) deb nomlanuvchi katta guruhlarga birlashtirdi. Bundan koʻzlangan maqsad, paqildoqlarning birma-bir yaqin ketma-ketlikda otilishi edi. XII va ehtimol XI asrga kelib, baozhang atamasi, xususan, poroxdan yasalgan paqildoqlarga ishora qilish uchun ishlatilgan.

Song sulolasi davrida oddiy odamlarning koʻpchiligi bozor sotuvchilaridan har xil turdagi pirotexnika vositalari sotib olishi mumkin edi. Katta otashin namoyishlar o‘tkazilishi ham oshkora bo‘lgan. 1110-yilda imperator Huizong Song (1100–1125-yillar hukmronlik davri) saroyini xursand qilish uchun jangovar namoyishda katta mushakbozlik shousi namoyish etilgan. 1264-yildagi qaydnomada keltirilishicha, oʻgʻli imperator Lizong Song (1224–1264-yillar hukmronligi) sharafiga oʻtkazgan ziyofat chogʻida imperator ayol Gung Sheng yaqinida raketa bilan uchirilgan mushak otilgan va uni qoʻrqitib yuborgan. Raketa urush harakatlarida keng tarqalgan edi, buni Liu Bowen (1311–1375) va Jiao Yu (1350–1412) tuzgan Huolongjing tasdiqlaydi. 1240-yilda arablar porox va undan foydalanish boʻyicha bilimlarni Xitoydan oʻzlashtirgan. Hasan al-Rammah ismli suriyalik odam raketa, mushak va boshqa bomba turlari haqida yozgan hamda oʻz bilimlarini Xitoy manbalaridan olganligini koʻrsatuvchi atamalardan foydalangan, masalan, “Xitoy gullari” deb atalgan mushaklarga ishora qilgan.

Rangli mushaklar avvalroq (ehtimol Xan sulolasi yoki undan keyingi davrda) Xitoyning kimyoviy moddalarni rangli tutun va olov yaratish uchun qo‘llashidan kelib chiqqan. Bunday mushaklarning qoʻllanilishi Huolongjing (XIV asr) va Vubeyji (1621-yil so‘zboshi, 1628-yil bosilgan)da uchraydi, ularda retseptlar yoritilgan, baʼzilarida esa turli rangdagi harbiy signal tutunlarini yaratish uchun past nitratli porox ishlatilgani qayd etilgan. Xubei Huolongjing shahrida; (Ming, 1628-yildan keyin tugallangan) olovga o‘xshash signallar yaratish uchun ikkita formula yaratiladi, ular tutunda kumush uchqunlarni hosil qiluvchi sanzhangju va bayjanglian edi. Chjao Xueminning “Huoxilüe” (1753) asarida olov va tutunni bo‘yash uchun past nitratli porox va boshqa kimyoviy moddalar bilan bir nechta retseptlar berilgan. Bularga, masalan, sariq rang uchun mishyak sulfid, yashil rang uchun mis atsetat (verdigris), nilufar oq uchun qo‘rg‘oshin karbonat va oq rang uchun simob xlorid (kalomel) kiradi. Xitoy pirotexnikasi fransuz yozuvchisi Antuan Kaylo (1818) tomonidan tasvirlangan: “Shubhasizki, xitoyliklarning olovga rang berish siri bor va rang-barangligi mushaklarining eng katta siridir”. Xuddi shunday fikrni ingliz geografi janob Jon Barrou (taxminan 1797-yil) ham yozgan edi: “Xitoyliklar olovni kiyintirish siriga ega bo‘lgan ranglarning xilma-xilligi pirotexnikalarining asosiy yutugʻi boʻlib qoladi”.[

Mushaklar Yevropada XIV asrda ishlab chiqarilgan va XVII asrda mashhur bo‘lgan. Buyuk Pyotr elchisi Lev Izmailov Xitoyda turib shunday deb xabar beradi: “Ular shunday mushaklar yasaydiki, Yevropada hali hech kim bunaqasini koʻrmagan”. Pekinda yashovchi yezuit missioneri Per Nikola le Cheron dʼIncarville 1758-yilda Parij Fanlar akademiyasiga xitoy pirotexnikasining usullari va tarkibi haqida yozgan va hisobotni besh yildan so‘ng chop ettirgan. Amede-Fransua Freziyer o‘zining qayta ko‘rib chiqilgan “Traité des feux dʼartice pour le spectacle” (Oʻq otish haqidagi risola) asarini 1747-yilda (aslida 1706-yilda) nashr etdi, bu asar mushaklarning harbiy maqsadlarda emas, balki dam olish va marosimlarda qo‘llanishini qamrab oladi. Qirollik mushakbozligi uchun musiqa 1749-yilda Jorj Friderik Handel tomonidan Aix-la-Chapelle tinchlik shartnomasini nishonlash uchun yaratilgan va oʻtgan yili eʼlon qilingan.

“O‘n to‘qqizinchi asr boshlanishidan va zamonaviy kimyo paydo bo‘lishidan oldin ular [salyutlar] nisbatan zerikarli va hayajonsiz bo‘lgan boʻlsa kerak”. 1786-yilda Bertolet kaliy xlorat bilan oksidlanish binafsha rang emissiyasiga (ajralib chiqish) olib kelishini aniqladi. Keyingi izlanishlar bariy, stronsiy, mis va natriy xloratlari bilan oksidlanish natijasida yorqin ranglarning intensiv emissiyasini paydo qilishini ochiqladi. Metall magniy va alyuminiyning izolyatsiyasi yana bir yutuq bo‘ldi, chunki bu metallar kuchli kumush nur bilan yonadi.

Mushaklar tarixi.

Mushaklar tayyorlash jarayoni / wikipedia.org

Xavfsizlik va atrof-muhitga taʼsir

Amerika Mustaqillik kunida uchirilishga tayyorlanayotgan mushakbozlik raketasi, Yangi yil pirotexnikasi, 1970-yillardagi bolalar uchun moʻljallangan “Xavfsizlik toʻgʻrisida” koʻrsatuvida mushaklardan nomaqbul foydalanishning oqibatlari ochib berilgan.

Pirotexnikadan noto‘g‘ri foydalanish — ularni ishlatayotgan shaxs (kuyish va jarohatlar xavfi) uchun ham, yaqin atrofdagilar uchun ham xavflidir. Bundan tashqari, ular qo‘nish paytida yong‘in chiqarishi mumkin. Shu sababdan ham ko‘plab mamlakatlarda mushaklardan foydalanish qonuniy ravishda cheklangan. Bunday mamlakatlarda professional mushaklardan foydalanish cheklangan. Kichikroq isteʼmolchi variantlari ommaga ochiq bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham mumkin.

Mushaklar tarixi.

Parijda Bastiliyani olish kuni (Bastiliya kuni — ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda har yili 14-iyulda nishonlanadigan Fransiya milliy kuniga berilgan umumiy nom), 2013-yil anʼanaviy tarzda “La Marseillaise” bilan boshlanadigan musiqiy shou bilan birga mushaklar shousi / wikipedia.org

Xonaki va yovvoyi qushlar, hayvonlar shovqindan qo‘rqib, qochib ketishi, ko‘pincha xavf-xatarga duchor bo‘lishi, o‘zini to‘siqlarga urishi yoki xavfdan boshqa yoʻllar bilan qutulishga urinishi mumkin. Qo‘rqib ketgan qushlar uyasini tashlab, bolalarini boqishga qaytmasligi ham mumkin.



Muqova suratlar: wikipedia.org / pexels.com