1
Ulashish
572 marta koʻrilgan
1778–1829
Munis Xorazmiy
Amir Avazbiy o’g’li Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va ma’rifatparvardir. Munis o’zbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli o’rinni egallaydi. U muarrix sifatida o’zining «Firdavs ul-iqbol» tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni o’zbek tiliga tarjima qildi, pedagog sifatida «Savodi ta’lim» nomli risola yozdi. Munisning hayoti va ijodini o’rganar ekanmiz, avvalo uning adabiy va tarixiy asarlariga murojaat qilamiz. U o’zining «Munis ul-ushshoq» devoniga yozilgan so’zboshisida va «Firdavs ul-iqbol» nomli tarixiy asarida tarjimayi holiga oid anchagina ma’lumotlar keltirgan. Munis 1778-yili Xivada tug’ildi. U Xivadagi Qiyot qishloqlik Avazbiy Mirobning o’g’lidir.