0
Ulashish
960 marta koʻrilgan
1847–1925
Muhammad Ikrom ibn Abdussalom
Muhammad Ikrom ibn Abdussalom 1847-yilda Buxoro shahri yaqinidagi Bog’ikalon qishlog’ida dunyoga kelgan, keyinchalik Poyi Ostona guzarida yashagan. Xalq orasida Domla Ikrom, Ikromcha domla nomlari bilan mashhur bo’lgan. Eski maktabda, undan so’ng 1860–1880-yillari Badalbek madrasasida qozi Abdushukur ibn Abdurasul Buxoriydan tahsil olgan. Madrasani tamomlagach, turli madrasalarda mudarrislik qilgan. U 1894–1896-yillarda Muhammad Avaz Xo’jandiy hamrohligida hajga borgan va o’sha vaqtdagi Istanbul, Bag’dod, Sheroz va boshqa islomiy shaharlardagi taraqqiyotni ko’rib taʼsirlangan. Safardan qaytgach, Buxoro madrasalaridagi taʼlim dasturlarini tanqid qilib, ularni isloh qilish zarurligini ta’kidlaydi. U jadid maktablari tashkil etish tarafdori bo’lib, ularni qo’llab-quvvatlagan. Maqolada Ikromjon domla hayot va faoliyat yo’li haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.