Orqaga

735 marta koʻrilgan

VIII asr

Movarounnahrda Islom dinining tarqalishi

Xalifalik o’lkani zabt etish jarayonida deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini vayron etgan, juda ko’p shahar va qishloqlarga o’t qo’ygan. Suv inshootlari buzib tashlangan. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qolgan. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko’plab qurol-yarog’lar tortib olingan. Sulh tuzishga majbur bo’lgan Buxoro, Poykand va Sug’d hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olinadi. Xalifalik qo’shiniga minglab mahalliy yigitlar jalb etiladi. Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undiradi.