Orqaga

1028 marta koʻrilgan

XV–XVI

Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining oʻrnatilishi

Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaydigan qodir shaxsni ko’rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelishardi. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish hisobiga ro’yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblashdi.