Orqaga

651 marta koʻrilgan

IX–XIII

Movarounnahrda islom dinining ma’naviy hayotga ta’siri

Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda IX asrda islom ta’limotining takomili yo’lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo’ldi. Bu borada, ayniqsa, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870) va uning zamondoshi hamda shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–894)ning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Uning birgina «Al-jome’ as-sahih» asariga 7275 ta hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida «Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi» barpo etildi. 4 jildli «Al-jome’ as-sahih» kitobi ilk bor o’zbek tiida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.