Orqaga

695 marta koʻrilgan

IX–XII

Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti

IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan boshqa mamlakatlar kabi bu yerda ham Islom dini, arab tili va imlosi joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o’rni va ahamiyati oshgan va bu tilni o’zlashtirishga bo’lgan intilish kuchaygan. Keyinchalik arab tili va yozuvini o’zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo’ldi. Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma»da katta kutubxona, Bag’dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi.