Orqaga

925 marta koʻrilgan

XIX–XX

Modernizm davri

Modernizm davri — bu oʻzidan oldingilarni inkor etish, oʻrnatilgan gʻoyalar, anʼanaviy gʻoyalar, shakllar, janrlarni yo’q qilish va voqelikni idrok etish hamda aks ettirishning yangi usullarini izlash bilan tavsiflangan sanʼat harakati. Modernizm, shuningdek, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida adabiyot, arxitektura va sanʼatdagi oʻzgarishlarni anglatadi, bu avvalgi badiiy anʼanalarni buzish, yangi narsaga intilish, uslub konventsiyalari, badiiy shakllarni izlash va yangilashga qaratilgan. Modernizm — bu sanʼat yoʻnalishlari, harakatlar va maktablarning rivojlanishi, badiiy tilni yangilashga intilayotgan alohida ustalar faoliyatining ramzi.